Ozodbek Nazarbekovning 2016-yilgi yakkaxon konserti 2015-yilgi dasturga nisbatan 7 kun qisqa bo‘ladi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.02.2016
  • Просмотры: 492
  • Коммент: 0

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, aprel oyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi, deya xabar bermoqda “7×7” gazetasi.

Ammo bu yilgi “Mehring sabab…” nomli konsert dasturi avvalgi yillardagi kabi 20 kunlab emas, balki 11 kun davom etadi. Qayd etish joiz, xonandaning 2015-yilgi konserti 7—24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgandi.

“Qizig‘i, konsert afishasiga katta harflar bilan ‘Fonogramma orqali ijro etiladi’, deb ham yozilgan”, — deyiladi gazeta xabarida.

Раздел: Шоу-бизнеса

Aktrisa Shahzoda Matchonova qalbidagi milliylikni hammaga ham ko‘rsatavermasligini ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.02.2016
  • Просмотры: 389
  • Коммент: 0

Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘zbek tilida bemalol gaplasha olishini aytib o‘tdi. Bu haqda u “7×7” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ba’zilar: ‘Milliylikka e’tibor bermaysiz’, deb qolishadi. Aslida milliylik yuragimda va uni hammaga ham ko‘rsatavermayman”, — dedi aktrisa.

“O‘zbek tiliga kelsak, bemalol gaplashaman. Milliy liboslarni ham yaxshi ko‘raman, faqat kamroq kiyaman”, — deya qo‘shimcha qildi Shahzoda Matchonova.

Раздел: Шоу-бизнеса

Sherali Jo‘rayev Navoiyni ommalashtirish o‘rniga ommani “Navoiylashtirish” haqida qayg‘urish kerakligini ta’kidladi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.02.2016
  • Просмотры: 399
  • Коммент: 0

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli xonanda Sherali Jo‘rayev ommani “Navoiylashtirish” haqida qayg‘urish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda xonanda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Navoiyni ‘ommalashtirish’dan ko‘ra, ommani ‘Navoiylashtirish’ haqida ko‘proq qayg‘ursak, to‘g‘ri bo‘lardi. Kishi to Navoiy she’rlarini ko‘ngil mulkiga aylantirmasa, yodlash orqali uni qalbiga muhrlamasa, Navoiyning ruhiyat olami unga begonaligicha qolaveradi”, — dedi taniqli xonanda.

“Farzandlarimiz bolaligidan boshlab hazrat Navoiyning she’rlarini toshga o‘yilgan naqshdek qalbga muhrlasa, keyinchalik bu xazina, albatta, o‘z eshigini ularga ochadi”, — deya qo‘shimcha qildi Sherali Jo‘rayev.

Eslatib o‘tamiz, 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludiga 575 yil to‘ladi. ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Shuhrat Qayumov hozirgi qo‘shiqlar orasida “adabiyotga daxli yo‘q odamlar”ning ishlari ko‘payganini tanqid qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.02.2016
  • Просмотры: 480
  • Коммент: 0

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning fikricha, haqiqiy ijod mahsullari vaqt o‘tgani bilan, o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.

“Afsuski, hozirgi qo‘shiqlar orasida adabiyotga daxli yo‘q odamlarning ‘qalamiga mansub’ so‘zlar jamlanmasi ancha ko‘paygan. Ularda na qofiya, na ma’no bor. Bular, albatta, vaqtinchalik”, — dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov.

“Haqiqiy ijod mahsullari esa asrlar o‘tsa-da o‘z o‘rnini yo‘qotmaydi, yangi tinglovchilar, yangi avlodlarni o‘ziga jalb etib boraveradi. Misol uchun, maqom ashulalarimiz uzoq asrlardan beri yashab kelayotgan bo‘lsa, ayrim bastakorlarning yaratgan qo‘shiqlari hozirgi paytda maqomlarimiz darajasiga ko‘tarilgan”, — dedi Shuhrat Qayumov.

Раздел: Шоу-бизнеса

Dilnoza Kubayeva o‘zbekcha qo‘shiqlardagi ba’zi jumlalardan uyalishini aytib o‘tdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.02.2016
  • Просмотры: 566
  • Коммент: 0

Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva qizlarni go‘zallikni targ‘ib qilishga chaqirdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar berdi.

“Tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz ham susayib bormoqda. Ko‘pgina tengdoshlarimiz ruscha so‘zlarni aralashtirib gapirishadi, bu ham yetmaganday, keyingi paytda inglizcha so‘zlarni ham aralashtirish modaga aylanyapti”, — dedi Dilnoza Kubayeva.

“Ona tilimiz juda boy. Televideniye orqali namoyish etilayotgan kliplardagi jumlalarni eshitib, uyalib ketaman. Biz, eng avvalo, go‘zallikni targ‘ib qilishimiz kerak. Chiroyli kiyinib yurishni istaymizu, lekin chiroyli gapirishni nega istamaymiz?”, — dedi aktrisa.

“Quloqlarimiz chiroyli so‘zlarni eshitgisi, ko‘zlarimiz go‘zal narsalarni ko‘rgisi kelarkan. Shuning uchun, qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, o‘zbek ayoli ekanligimizni unutmaylik”, &mdash ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmi keltirgan daromad 2 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.02.2016
  • Просмотры: 396
  • Коммент: 0

Walt Disney “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmining dunyo bo‘yicha yig‘imlari fevralning ilk dam olish kunlari 2 milliard dollarlik chegaradan o‘tishi, jumladan, AQShda 900 million dollar to‘plashini taxmin qilmoqda. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.

“Bu ‘Yulduzlar jangi’, Lucasfilm va Disney uchun tarixiy holat”, — deya ta’kidlagan Walt Disney Studios raisi Alan Xorn.

“Yulduzlar jangi” epopeyasining yettinchi filmi keltirgan daromadi bo‘yicha hozircha uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kino tarixida eng daromadgir kartinalar sifatida Jeyms Kemeronning “Avatar” (2,78 milliard dollar) va “Titanik” (2,18 milliard dollar) filmlari qolmoqda.

Раздел: Шоу-бизнеса

Tamila: Toshkentdaman, hech qayerga qochib ketganim yo‘q! (video)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 06.02.2016
  • Просмотры: 520
  • Коммент: 0

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Tamila ishtirokidagi yana bir videorolik tarqaldi. Unda xonanda foydalanuvchilarga murojaat qilgan. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Videorolikda avtomobil boshqarib ketayotgan xonandaning so‘zlarini old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi tasvirga olgani ifodalangan. Tamila Toshkent shahrida ekanligini va hech qayerga qochib ketmaganligi aytgan.

Tarqalgan behayo videoroliklar haqida Tamila shunday deydi: “Behayo videoroliklarga hech qanday aloqam yo‘q. Bu haqda ekspertlar bergan xulosani prodyuserlik markazimga taqdim etdim. Shu o‘rinda menga xayrixoh bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiraman”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq xonandaning Instagram’dagi sahifasini o‘chirib, Qozog‘istonga ko‘chib ketganligi haqida xabar berilgandi.

... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “keyingi paytda juda ko‘p tushkunlikka tushayotgani”ni ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 06.02.2016
  • Просмотры: 408
  • Коммент: 0

Aktrisa Dilnoza Kubayeva shu kungacha barcha orzulari ro‘yobga chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u O‘zDJTUda bo‘lib o‘tgan talabalar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

“Haligacha birorta orzuim amalga oshmay qolmagan. Maktabda faxriy yorliq olishni, boshlovchi bo‘lishni, talabalikni, aktrisa bo‘lishni niyat qildim, barchasi amalga oshdi. Hammasining ortida halollik mujassam”, — dedi aktrisa.

Kubayevaning aytishicha, tushkunlikka tushganida yaqinlarining dalda bo‘lishi, ularning bir og‘iz shirin so‘zi, yaxshiliklari ko‘nglini ko‘taradi.

“Negadir keyingi paytda juda ko‘p tushkunlikka tushayapman. O‘tirib, o‘yga tolib qoladigan odat chiqarayapman. Hali ham optimistligim yordam beradi, o‘zimga o‘zim dalda beraman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Dilnoza Kubayeva.

Раздел: Шоу-бизнеса

Shahzoda Matchonova: Meni “o‘qimagan” deb tanqid qilishsa, xafa bo‘lmayman

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 06.02.2016
  • Просмотры: 491
  • Коммент: 0

“Talabaligimda dugonalarim bilan teatrga spektakl tomoshasiga borganman. O‘shanda rejissor Zulfiqor Musoqov meni ko‘rib qolib: ‘Yolg‘iz emas, ota yoki onang bilan kel. O‘zing kelsang, qabul qilmayman’, deya sinovga taklif qilgan”, — deya hikoya qiladi aktrisa Shahzoda Matchonova “7×7” gazetasiga bergan intervyusida.

“Mendek ‘kinoga ko‘chadan kelgan’larni ‘o‘qimagan’ deb tanqid qilishayotganda hech ham xafa bo‘lmayman. Chunki jahon kinosida bunday aktyorlar juda ko‘p, ular iste’dodli, mashhur. Agar aktyor kinoga mashhurlik uchun emas, iste’dodini namoyon qilishga kelgan bo‘lsa, o‘qishga imkoni bo‘lmasa ham, albatta, o‘z ustida ishlashi shart.

Men uchun kasbimdagi rivojlanish — ustoz san’atkorlar bilan muloqotda bo‘lish. Savollar beraman, kerakli bilimlarga ega bo‘laman. Qolaversa, tinm ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

G‘ulomjon Yoqubov nima uchun “Ummon” guruhining qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 06.02.2016
  • Просмотры: 445
  • Коммент: 0

O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov nima uchun Munojat Yo‘lchiyeva bilan birga “Ummon” guruhi va Munisa Rizayevaning birgalikdagi qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

“Bu qo‘shiqni kuylashdan maqsad — yoshlardan ko‘ra o‘zimiz yaxshi kuylaymiz, degan fikrni isbotlash emas, balki e’tirozlarga javob qaytarish edi. Biz yoshlarning qo‘shiqlarini kuylay oldik”, — dedi G‘ulomjon Yoqubov.

“Xo‘sh, ko‘raylik-chi, yoshlar bizning repertuardagi ashulalarni kuylashga jur’ati yetarmikan? Yoshlar ham jiddiy, ma’no jihatidan salmoqli ijodiy ishlarga qo‘l uradi, degan umiddaman”, — dedi xonanda.

“Ayrimlardan: ‘Kattalar bizni tanqid qiladi, lekin yoshlarbop yo‘nalishda kuylash o‘zlarining qo‘lidan kelmaydi’, degan fikrlarni ham esh ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса
« 1 2 ... 21 22 23 24 25 ... 39 40 »