- Автор: TezkorPRO
- Дата: 26.01.2016
- Просмотры: 665
- Коммент: 0
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon futbolni yoqtirishi, xususan, Londonning “Arsenal” klubiga muxlislik qilishi ko‘pchilikka ma’lum. Xonanda Angliya chempionatining 23-turi doirasida 24-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Arsenal”—“Chelsi” o‘yinini “Emireyts” stadionida kuzatgan va Instagram’dagi sahifasida uchrashuvdan olingan suratlarni joylashtirgan.
“Hayratlanarli o‘yin!!! To‘g‘ri, biznikilar bugun imkoniyatni boy berdi, ertaga navbat sizlarga! Hammasi hayotdagidek, asosiysi, yuraklarimizdagi alanga bizni doim olg‘a boshlashi”, — deya o‘yindan olgan taassurotlarini bayon qilgan Sevara.
Uchrashuv o‘yinning 18-daqiqasida 10 kishi bo‘lib qolgan “Arsenal” mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 23-daqiqada “Chelsi” hujumchisi Diyego Kost
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 443
- Коммент: 0
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyi (“Panorama”)da 23-yanvar kuni rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi uchun 4,5 mingta chipta sotildi. Bu haqda “Darakchi.uz” nashri xabar bermoqda.
21-yanvardan boshlab kinosaroyning barcha 10 zalida “Baron” filmi namoyish etilgan va, kinosaroy xodimlarinig so‘zlariga ko‘ra, “Panorama” tarixida bunday voqea bo‘lmagan.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, haqiqatan ham 24-yanvarga qadar kinosaroyning barcha 10 zalida “Baron” filmi qo‘yilgan, 25-yanvardan esa “Baron”dan tashqari, “Dadam bilmasin” va “Qaysarginam” filmlari ham namoyish etilmoqda.
“Daryo.Afisha”: “Baron”ni qayerda tomosha qilish mumkin?
Ma’lumot uchun, Toshken
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 896
- Коммент: 0
Rejissor Rustam Sa’diyev “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Baron” nomli film suratga oldi. Alisher Navoiy nomli kinosaroyida 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan filmning yopiq premyerasi gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
“Baron”ning aktyorlar jamoasiga nazar solib, har qanday rejissorning havasi kelishi aniq. O‘zbekistonliklardan Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Jamila G‘ofurova, Dilorom Egamberdiyeva, Ra’no Shodiyeva, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Yoqub Ahmedov, rossiyaliklardan Andrey Smolyakov (Rossiya xalq artisti), Viktor Verjbitskiy (Rossiya xalq artisti va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist), Farhod Mahmudov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist) kabi o‘z ishining ustalari va hatto Gollivuddan aktyorlar bor (asli suriyalik Hasan Mas’ud). Ridli Skottning “Muqaddas zamin” filmida sulton Salohiddin Ayubiy obrazini jonla
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 493
- Коммент: 0
Moskvadagi hashamatli restoranlardan birida Nargiz Zokirovaning sahnaga chiqishi mojaro bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda “Moskovskiy komsomolets”.
Xonanda sahnada qo‘shiq kuylayotganida, restoran mijozlaridan biri hisoblangan ayol sahnaga yaqinlashib, Nargiz Zokirovani haqorat qilgan va unga qarata qo‘lidagi bokalni uloqtirgan.
Shisha idishning sinishi natijasida, xonandaning oyog‘i shilinib, qonab ketgan. Nargiz Zokirovaning aytishcha, mazkur nizoli vaziyat restoran videokameralariga qayd etilmagan, qo‘riqchilar esa shu vaqt qayergadir g‘oyib bo‘lgan.
Restoran rahbariyati Nargiz Zokirovani haqorat qilib, unga qarata bokal otgan mijozning ismini oshkor etmagan. Restoran menejerlaridan birining aytishicha, nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan ayol aslida Nargiz Zokirovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan.
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 474
- Коммент: 0
Xonanda Jasur Umirov sevib qololmayapti, shu sababli hali ham bo‘ydoq. U bu haqda “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Sevib qololmayapman. Haqiqiy sevgimni uchratmadim. Men sevsam, yurakdan sevaman. Sevib oila qurgim keladi. Bugun tanishib, ertaga ko‘rishib, indinga to‘y degan ‘qoida’ni yoqlamayman”, — dedi xonanda.
Umirovning so‘zlariga ko‘ra, agar u ko‘ngil qo‘ygan inson ham uni sevsa, u bilan hayot yo‘llarini bog‘lashga tayyor bo‘lsa, u qiz uchun “oxirigacha kurashadi”.
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 1134
- Коммент: 0
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) Instagram’dagi ko‘p bora tanqidlarga uchragan suratlari yuzasidan izoh berdi. “Bekajon” gazetasi muxbiri xonandaga: “Sizga mutasaddi tashkilotlar tomonidan asosiy e’tiroz milliyligimizga mos kelmaydigan selfilaringiz oqibatida bildirildi. Ammo shu kabi suratlaringizda ijodingizga taqiq paytida ham kamaygani yo‘q”, — savoli bilan murojaat qilgan.
“O‘sha suratlarim bilan milliyligimiz me’yorlarini buzdim, deb o‘ylamayman. U mening shaxsiy sahifam, unda har kim lozim bo‘lgan suratlarini, fikrlarini qoldirishi mumkin”, — dedi xonanda.
“Litsenziyam olingan paytda avvalgi hayot tarzimni davom ettirdim, avval qanday bo‘lsam, shundayligimcha qoldim. Auditoriya uchun boshqacha qiyofada, hayotda esa mutlaqo o‘zga odam bo‘lishga harakat qilmayman”, — dedi Lola.
“Hatto Instagram’dagi fikrlarim ham
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 25.01.2016
- Просмотры: 475
- Коммент: 0
Xonanda Jasur Umirov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida sevgan insonini hayratda qoldirish uchun nima qilishini aytib o‘tdi.
“To‘y oqshomida butun to‘yxonaning tashqi va ichki devorlarini gul bilan bezataman. Qancha pulim ketsa ham, shunday qilaman”, — dedi xonanda.
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 24.01.2016
- Просмотры: 674
- Коммент: 0
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) o‘zi uchun birinchi navbatda o‘zligini saqlab qolish muhim ekanligini ta’kidladi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men hech kimdan qasos olmayman, ataylab yoki qasddan biror nima uyushtiradigan odam emasman. Nima qilmay, o‘zim uchun qilaman. Birinchi navbatda o‘zligimni saqlab qolishim muhim”, — dedi xonanda.
“Qolaversa, xatolarini majburan o‘zgartirishi kerak bo‘lgan va aybi uchun burchakka turg‘azib qo‘yilgan kichkina bola ham emasman. Qanday xulosaga kelishim esa faqat o‘zimga bog‘liq”, — dedi Lola.
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 24.01.2016
- Просмотры: 439
- Коммент: 0
Xonanda Jasur Umirov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida nimalarni yo‘qotishdan qo‘rqishini ma’lum qildi.
— Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz, Jasur?
— Qo‘rquv?.. Muxlislar e’tibori, mashhurlikni yo‘qotishdan bo‘lsa kerak.
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 24.01.2016
- Просмотры: 534
- Коммент: 0
Aktrisa Ra’no Shodiyeva farzandlarini har doim mehr bilan tinglashga harakat qiladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ko‘pgina onalardan: ‘Bola bilan do‘st bo‘lish kerak’, — degan fikrni eshitganman. Ammo shaxsan o‘zim bu fikrga oqlamayman”, — deydi aktrisa.
“Farzand bilan onalik munosabatini saqlab qolish o‘ta muhim. Men farzandlarim bilan do‘st emas, ona sifatida fikrlashaman”, — dedi Ra’no Shodiyeva.
“Ularni doim mehr bilan tinglashga harakat qilaman. Xatolari bo‘lsa, tushuntirib, muammolarini hal qilishga harakat qilaman”, — dedi aktrisa.
Ra’no Shodiyevaning fikricha, farzand aynan shunday holatda o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni ota-onasiga ayta oladi.
« 1 2 ... 26 27 28 29 30 ... 39 40 » |