Xonanda Lola hamkasbi, xonanda Shahzoda bilan dushman emas, lekin gaplashmaydi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz bir-birimizga dushman emasmiz, bir-birimizga qarshi ham emasmiz. Biz gaplashmaymiz, yaqin munosabatda emasmiz, xolos. Har birimiz alohida yashab, ijod qilamiz”, — dedi Lola.
“Men uchun bu mavzu eskirgan. Shunday ekan, men hammaga, shu jumladan, unga ham muvaffaqiyat tilayman. G‘arazim, e’tirozim yo‘q”, — dedi xonanda.
Avvalroq Lolaning Instagram’dagi sahifasida uning qizi Shahina va Shahzodaning kenja o‘g‘li Xolid ishtirokidagi surat paydo bo‘lgandi. Surat ostida xonanda: “Shahina tog‘asi Xolid bilan”, — deb izoh qoldirgandi.
...
Читать дальше »