Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) 2015-yil yozida xorijiy davlatlarga amalga oshirgan sayohatlari uning qarashlariga jiddiy ta’sir qilganini aytib o‘tdi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hayotda sababsiz hech narsa bo‘lmas ekan. Har bir kichik sayohat ham insonni qalban o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. 2015-yil yozida tashvishlardan dam olish uchun shunchaki sayohatga chiqqan edim. Biroq bu sayr meni umuman boshqa Lolaga aylantirdi”, — dedi xonanda.
“Masalan, Ispaniyada bo‘lgan vaqtimda men oddiy o‘smir qizga aylandim. Singlim bilan birga hamma narsani unutib, xarita yordamida sayohat qildik. Qisqa vaqt ichida turli shaharlarning diqqatga sazovor maskanlarini aylanib chiqdik. Undan keyingi manzilimiz AQSh bo‘ldi”, — dedi Lola.
“U yerda men 1,5 yildan buyon uchrashmagan singlim Anora bilan ko‘rishdim. Bolaligimi
...
Читать дальше »