Gollivud aktyori Jorj Klunining rafiqasi Amal egizaklarni dunyoga keltiradi. Ma`lum bo`lishicha, juftlik iyun oyida ota-ona bo`ladi.
Jorj va Amal 2014 yilda Venesiyada nikohlangan edi. Bunga qadar juftliklarning farzandi bo`lmagan.
Jorj Kluni “Tez yordam” serialidan keyin jahonga mashhur bo`lgan edi.
“Oushenning 11 do`sti”, “Solyaris” va “Yaxshi nemis” kabi filmlar uning shuhratini butun dunyoga taratdi.
Amal Kluni esa kasbi bo`yicha huquqshunos. Xususan, u Julian Assanjning “Vikiliks” tashkiloti huquqlarini himoya qilgan edi.