- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 443
- Коммент: 0
Sog‘inch Osmonga termulib turgan ko‘zlar miltillagan eng yorug‘ yulduzni izlardi. Tabiat tun bag‘rida, oy mitti yulduzlarga alla aytgan ona singari o‘z mehrini ma’suma nurlari orqali ayon qiladi... Husnoraning yuragi entikib o‘z onasini ko‘z oldiga keltirdi, mehrli nigohi, issiq taftini eslab sog‘inch yoshlari ko‘zidan sizib chiqdi. Poytaxtga kelganiga uch oy bo‘lgan bo‘lsa, onasini eslamagan bir kuni ham yo‘q edi. Lekin bugun u onasini har kungidan ko‘ra ko‘proq sog‘indi. Tungi yulduzlarni ko‘rib ularga juda havasi keldi. “Onam yonimda bo‘lganida, dardimni aytsam, yuragimni g‘ashlayotgan muammoning yechimini ham toparmidim”, — deb o‘ylardi. Otasi aytgan gaplarni takror-takror xayolidan o‘tkazardi. Otasining gapidan ranjigan bo‘lsa-da, rad javobini berishga qudrati yetmagandi o‘shanda. Ertasi kuni oliygohga borar ekan, o‘sha qadrdon majnuntol tagida ko‘zlarida mehr bilan jilmayib turgan Sardorni ko‘rib Husnora doimgidek quvonmadi, g‘amgin nigohda jilmayib qo
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 358
- Коммент: 0
Nuroyim O‘n uch yil deganda Nuroyimdan xat oldim. Yozuvi juda qisqa — “Shoirim, rahmat. Kitobingizni o‘qidim” degan gap edi. Maktubning oradan shuncha yil o‘tib yozilganiga, meni qanday topib kelganiga hayron bo‘lmadim. Faqat hanuz o‘z kuchini, qadrini zarracha yo‘qotmagan “shoirim” degan so‘z dilimni o‘rtab yubordi. O‘rtamizdagi hamma xotirani bor bo‘yi bilan ko‘rsata oluvchi shu birgina so‘z edi. Mana, hozir gulqog‘oz to‘shalgan yozuv stolim ustidagi konvert, ikki enlik xat meni tag‘in ulkanlashtirib, dunyodan kechgudek holga olib keldi. Derazamdan daraxtlarning eng uchi, qator uylarning tomlari osha bu yerdan judayam olisdagi qishloq tomonga qaradim. Yana Nuroyimdan boshqani o‘ylamay qo‘ydim. O‘sha yili maktabimizga yangi qiz kelganini hammadan oxiri bildim. Ammo ko‘ngli-yu vujudi bilan tamoman o‘zgacha, ehtimol, mening ko‘nglimdagidek qiz ekanini eng oldin ilg‘adim. O‘ylaganlarim rost keldimi, juda qattiq sevishib qoldik. Yuzi tiniqligidan qoshlari nihoyatda qora ko‘r
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 476
- Коммент: 0
SURUR Uning xayollari o‘zida emas – osmonlarda uchib yurardi, labida esa nim tabassum, tepalikka qiyalab chiqib borarkan, goh-goh o‘zicha sakrab, qo‘llarini havoda o‘ynatib qo‘yadi. Oyog‘i ostidagi o‘nqir-cho‘nqir yo‘l ham uni chalg‘ita olmas, aksincha past-balandliklar uning yurishiga yordam berayotgandek edi. Adirning chap tarafida olma bog‘i yastanib yotibdi. O’ng tomonida esa paxta paykali. Olmalar kuzgi quyoshning zaif nurida yaltirab, go‘yo ko‘z qisib turganday. Quyosh ham kuni bilan nur sochib charchagan shekilli, tog‘ ortiga horg‘in bosh qo‘ymoqda. Bahrom shu boqqa qaraydi. Mana, hozir yig‘im-terim payti, hosilni yig‘ishtirib olish kerak. Shu adirning eng tepa qismida u buvisi bilan yashaydigan uy joylashgan. Hoynahoy buvisi qovoqxo‘rda qilib, uni kutib o‘tirgandir. Bu ovqat haqida balki siz bilmassiz, lekin bir marta tatib ko‘rsangiz, oshqovoqdek shirin ne’mat borligiga yana bir karra amin bo‘lasiz. Ana o‘sha oshqovoqni sigirdan yangi sog‘ilgan sutga qo‘shib qayn
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 391
- Коммент: 0
Devona Qishlog‘imizning chetidagi bir kulbada qandaydir odam yashar, lekin unga hech kim parvo qilmas edi. U yolg‘iz edi. Hamma uni devona deb chaqirardi. Sochi o‘sgan, qorasidan ko‘ra oq tolasi ko‘proq, egnida qaerdandir topib olgan yirtiq-yamoq to‘n, boshida esa yag‘iri chiqqan qalpog‘i bor. Yoshini aniq aytish mushkul. U navqiron bir yigitdek tuyulsa-da, yuzidagi ajinlar, sochidagi oqlar qarimsiq ko‘rsatardi. Keksayib, yoshi o‘tib qolgan desam, harakatlari, g‘ayratu shijoati kuch-quvvatga to‘laligidan dalolat berardi. Menga o‘xshab boshqa bolalar ham u bilan gaplashishga rosa qiziqardik. Ayam esa “Unga yaqinlashma, uzoqroq yur”, deb koyirdi. “Nega?” desam, — Uni hech kim yoqtirmaydi, yomon odam. Yaqin borma degandan keyin, borma! — deb yana dashnom berardi. Bir kuni do‘stlarim bilan maktabdan kelayotsam, o‘sha devona ko‘chamizdagi qirg‘og‘iga yangi kesilgan teraklar taxlab qo‘yilgan katta ariq bo‘yiga qandaydir ko‘chat ekayotgan ekan. Hayron bo‘ldik. Bir
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 424
- Коммент: 0
Diydor qo'shig'i Bu atrofda uning oldiga tushadigan tulpor yo‘q edi. Uni yetaklab, ko‘chadan savlat bilan borayotgan Baxtiyor chavandozga hammaning havasi kelardi. Chunki Oqqashqa uloq-ko‘pkarilarga tulporlarning sardori bo‘lib kirardi. Qop-qora yollarini hilpiratib, maydonga chopib kirganda har qanday zo‘r chavandozning ham yuragi alg‘ov-dalg‘ov bo‘lmay qolmasdi. Baxtiyorni Oqqashqaning chavandozi deyishardi. Baxtiyor esa tulporini «Do‘stim, qadrdonim» deb erkalardi. Faqat ko‘pkariga kirgandagina: «Olg‘a, tulporim, olg‘a», deya mehr bilan qulog‘iga shivirlardi. * * * Odatdagidek, saharda otxonaga kirgan Baxtiyor bir zum serrayib turib qoldi. Hech nimaga tushunmagandek angrayib, Oqqashqaning qozig‘i yoniga bordi. «Bo‘shroq bog‘lagan bo‘lsam, yechilib ketganmikan?» degan o‘yda tulporning arqonini qidirdi. Qoziqda arqon ko‘rinmasdi. Baxtiyorning ich-ichidan bir ovoz: «Tulporni o‘g‘irlashgan», deya ta’kidlagandek bo‘ldi. Og‘ilxonadan shoshib
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 446
- Коммент: 0
O'gay ona Ba’zan xotiralar qalbni tirnaydi... Goho shunday bo‘ladiki, topgan¬laringdan yo‘qotganlaring ko‘pga o‘xshab ketadi. O‘ksik bir hayajon bilan bosib o‘tgan yo‘lingga nazar tashlab olasan. Otasi vafotidan keyin poytaxtda o‘qishini davom ettirayotgan Husan uch-to‘rt oyda bir qishloqqa kelib, ayasidan xabar olar, har kelganda ayasini bir yumush ustida uchratardi. Bu safar borganida ayasi eshik supirayotgan ekan. Ishga berilganidan uning qadam sasini ham eshitmadi. – Aya, men keldim... Ayasi qaddini ko‘tardi, ko‘ksiga tuflagan bo‘ldi: «Kapalagimni uchirib yubording, bolam», – dedi. Keyin bir zum, atigi bir zum u tarafga nazar tash¬lab turdi-da, qo‘lidagi supurgisini uloqtirib, uni bag‘riga oldi. – Nega hayallab ketding, bolam, onang emasman-da, onang bo‘lganimda bunchalik yo‘qolib ketmasding, – deya gina qildi. Ayasi uni quchgancha turar, yelkalari silkinayotganidan unsiz yig‘layotgani sezilardi. Husan ayasining oqarib ko‘kimtir tus
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 419
- Коммент: 0
Bir osmon ostida 1937-yil. May. Bibigul kiyimlarini ichkari hovlidagi dorga ilar ekan, osmonda charaqlab turgan yulduzlarga iymanib qarab qo‘ydi. Kunduz quritsa ham bo‘lardi, odamlarning ko‘zidan pana, devorlari baland. Biroq, quyosh nur sochgan dam hovli o‘rtasida ayol kishining kiyimlarining osilib turishi unga ma’qul bo‘lmadi. Uyaldi. O’zidan uyaldi. Quyoshdan uyaldi… Kiyimlarni ilgach otxona tomon yurdi. Qoziqqa bog‘langan Qorabayir sergaklandi. Nimanidir se-zib burun kataklarini kergancha og‘ir-og‘ir nafas oldi. Bibigul paypaslanib eri berib ketgan “Smit-Visson” rusumli to‘pponchani topdi… “Smit-Visson” yaxshi to‘pponcha. Bosmachilarning bosqinchilarga qarshi kurashida ko‘p qo‘l kelgan. Xiyonatkor xoinlaru yuzsiz sotqinlarni bemalol otib o‘ldirsa bo‘ladigan to‘pponcha! Bibigulning qo‘li qurolni yaxshi tanisa-da, o‘zi Lutfiyni yod biladi, Koshg‘ariyga tishi o‘tadi. Harqalay, “oqposhsho”ning yaloqxo‘rlaridan aqlliroq! U bosmachining qizi! Ko‘p qon ko‘rdi. Qon ko‘rgan otadi, o
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 409
- Коммент: 0
ARMON «Nega shunday qildim? Endi nima bo‘ladi?..» Kechki ovqat tayyorlayotgan Rahima goh-goh xo‘rsinib, shu haqda o‘ylardi. Dili g‘ash, ko‘ngli vayron. Ko‘rgilik yomon. Ayniqsa, o‘zing tilab olsang. Na dardingni birovga ayta olasan, na bir maslahat so‘raysan. Yog‘ing-da qovrilaverasan, qovrilaverasan. U oyoq ostida yotgan bir quchoq g‘o‘zapoyadan tutamlab olib, o‘rtasidan sindirdi-da, o‘choqqa tashladi. Tafti susayib qolgan olov xiyol vaqtdan so‘ng yana gurilladi. Sal narida gaz plitasi turardi. «Gaz plitasi turganida o‘choqdan foydalanadimi?» deb ajablanmang. Gap shundaki, gazdan g‘o‘zapoya yaxshi. Ana, hovli etagida uyum-uyum bo‘lib yotibdi. Kuzda bir aravasini bostirma tomiga bosib qo‘ysangiz... O’choqda pishgan ovqat mazali bo‘ladi. Gaz esa choy qaynatishga tuzuk. Mehmon-pehmon kelib qolganida biron-bir suyuq ovqat hozirlasa ham bo‘laveradi. Endigina yigirma bir bahorni qarshilagan Rahyma ham umrida biron marta o‘choqqa o‘t qalashidan afsuslanmagan. Ayol
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 453
- Коммент: 0
Tuproq hidi — Istam, ho, Istam,— degan ovoz eshitildi. Qornini yerga berib kitob o‘qiyotgan Istam “Obbo, yana kim keldi”, degandek, boshini bir zum ko‘tarib, ovoz kelgan tomonga quloq solib turdi. — Istamboy!
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 375
- Коммент: 0
Sevgisiz oqshom. Joningdan o‘tadi bir kun hammasi, Goho hammasidan keladi kechging. Yuragingga to‘lgan yoshlarni emas, Bir hovuch yulduzni keladi ichging. Ochiq derazadan termilasan jim, Yuzingga ataylab urilar parda. Nahot sog‘inmasa, kutmasa hech kim Seni shunday ulkan, gavjum shaharda. Oqshom cho‘kkan. Ana, qaytishar ishdan, Uyga sig‘maganlar chiqar sayrga. Sening yuragingga bir malol tushgan, Na ko‘kka sig‘asan va na-da yerga. Sen uchun ko‘z yumgan o‘sha muhabbat Sendan ham ko‘z yumgan allaqachonlar. Endi davron o‘zga, o‘zgadir fursat, Qo‘lingda qolmagan endi imkonlar. Afsus, yulduzlarni bo‘lmaydi ichib, Javobi yo‘q endi savollaringni. Endi jim o‘ylaysan baridan kechib Unutmoqchi bo‘lgan xayollaringni.
« 1 2 ... 19 20 21 22 23 ... 32 33 » |