- Автор: TezkorPRO
- Дата: 16.01.2016
- Просмотры: 557
- Коммент: 0
Bu voqea 2010 yil Samarqand viloyatining Zarafwon 6rmon x6jaligiga yaqin qiwloqda b6lib 6tgan edi bir ot olib sotadigan odamni qizi 2 otni ipini q6llariga mahkam 6rab 6zi 3 4i otni minib 6rmon i4ida ketayotgan ekan otlar nimadandur q6rqib qizni sudrab ketibdi qiz q6lidan ipni 4iqarolmasdan an4a vaxt sudralib borgan va otlarni odamlar k6rib t6xtatgan qiz4a esa tirik lekin uni saqlab qoliwni iloji y6q edi
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 429
- Коммент: 0
ZULMAT VA ALANGA Qish fasli. Tong. Ko‘k yuzini bulut qamragan, atrofni tutgan yengil tuman oynadek yiltirab, namxush havoning achiqqan sovuq zahri qordan darak berib, dimoqni shisha sinig‘i yanglig‘ ayovsiz tilimlaydi. Yalang‘och borliqning ayanch manzarasidan tom ustida hurpaygan kaptarlar, sovuqdan tayoqdek qotgan torlaridagi kirlari shamoldan tebranayotgan, chetdan kimsasizdek tuyulib to‘rsayib turgan uylar yanada mung‘ayib, g‘arib tortgandek. Ahyon-ahyonda esayotgan shabada xiralashib qolgan fonuslar yog‘dusi singan yo‘l bo‘ylab sochilgan xazonni supurib, uy devorlariga sochadi, sovuqdan junjikib, munkayganicha sudralgan yo‘lovchining etagiga osiladi, mudroq daraxtlarning quyuq kulrang tanasiga suykanib, shoxlarini tebratadi. Tonggi ibodatga chorlab cherkov qo‘ng‘irog‘i baralla bong ura boshladi. Shovqindan go‘yo sovuq zahriga darz ketgandek bo‘ldi, daraxt shoxlarida mudrab o‘tirgan qarg‘alar shovqin solishganicha havoga ko‘tarilishdi. Bularning barchasiga beparvo bir
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 425
- Коммент: 0
ALVON ATIRGULLAR Shosha – pisha maktabga ketayotgan Gulrux kattakon guldasta ko`tarib ketayotgan o`rta yoshlardagi, muloyim chehrali ayolni ko`rdi-yu, bir dam esini yo`qotdi. Juda nafis did bilan tayyorlangan guldasta onasining eng sevimli guli - alvon rangli atirgullardan iborat edi. Bir dam o`zi ham nima qilayotganiga tushunmay qoldi. Shundoqqina ayolning ro`parasidan chiqdi-yu, guldastaga qo`l cho`zdi. Ayol birdan jiddiylashdi, lekin orastagina kiyingan, jajjigina qizaloqning rayini qaytargisi kelmadi – guldastani unga uzatdi. Qizaloq bir dam uzun kipriklarini pirpiratib, katta-katta mungli ko`zlarini atirgullardan uzolmay termulib turdi. Keyin chuqur xo`rsindi-yu, gullarni mahkam bag`riga bosib, ohista ko`zlarini yumdi. Bir-biriga qapishib ketgan o`siq kipriklari orasidan marvariddek yosh tomchilari sizib chiqdi. Atirgularning muattar hidlarini to`yib hidladi. Onajonisidan doimo xuddi shunaqa atirgullarning ifori urib turadi. Hovlilarini to`ldirib turgan gullarning ichida on
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 447
- Коммент: 0
ODDIYLIK HOLATI Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida aqlli insonlar shunday turadi-ku! insonlar uchun eng zo'r holat bu kulib ko'p gapirish, lekin sababsiz kulish ahmoqlik, sababsiz gapirish ahmoqlik-ku, nega oddiy holatda yurmaymiz? juda ko'pchilik hursand bo'lib yuradi yoki hafa, yoki oddiy bo'lib yuradi, biz uni hafa bo'lib yuradi deymiz, yoq! hazilsiz juda jiddiy ishlarni qilsa bo'ladi, aynan o'sha ishlar oddiylik holatida qilinadi. Hamma o'lishini bilganimiz uchun ichamiz, chekamiz, shuning uchun gunox qilmaslik uchun bu ishlarni qilmaylik, bilaman baribir yo'q deysiz... Ahmoq ayollarni deb erkaklar haqiqiy san'at asarini yaratishadi, yashang ah
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 571
- Коммент: 0
YANGA Akmal qoʻngʻiroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz eshitildi: — Ana, Akmalxon keldilar. «Kelinoyim», deb oʻyladi u yangasini ovozidan tanib. Yangasi negadir uning nomiga «xon» qoʻshib gapirardi. Akmal uylariga yangasi kelganidan quvondi. Har safar uni koʻrsa, onasini koʻrganday boʻlardi. Eshikni yangasini oʻzi ochdi. Akmalning yelkasidan quchoqlab koʻrishdi. U yashil jemper kiygan, shtapel durra oʻrab olgan, koracha, ozgan yuzida iymanuvchan tabassum bor edi. Akmal uning qoʻlidagi oddiy xoʻjalik sumkasini koʻrib, ketishga hozirlanayotganini payqadi. — Nega otlanib oldingiz? — dedi astoydil ranjib. — Bolalar yolgʻiz, — dedi yangasi tuflisini kiyarkan. — Qorongʻi tushmasdan bora qolay. — Akam bor-ku, — dedi Akmal hamon uning ketishini xohlamay. Yangasi yana iymangan qiyofada jilmaydi: — Choyxonaga chiqadilar, bilasiz-ku. Yonbosh tomondagi oshxonadan parcha gulli xalat kiygan, oldiga kleyonka fa
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 371
- Коммент: 0
G'AMGIN SHE'R SOG'INCHI Ҳар куни бу китобни қўлимга оларканман, ҳали бирон шеърни ўқимай туриб, юрагимга «енг гуллаган ёшлик чоғида» ўзининг инсонлик ва ижодкор фитратини англаб етган шоирнинг нурли, ва маъюс чеҳраси, сиймоси кўз ўнгимда жонлангандек бўлаверади. Ичимдан куйина бошлайман, «ғамгин шеър» излаб, қисқа ва узун, ҳеч қандай қолипларга сиғмайдиган сатрларга кўзим тушади, фикрларим ўткирлашади, ҳаётга, атроф-жавонибга бошқача бир нигоҳ билан қарай бошлайман. Нега шундай? Бу маҳзун кайфият бир менинг борлиғимда уйғонаверадими? Сабабларнинг оқибати билан қизиқсиниб дўстим Ғофуржонга сим қоқаман. Айтингчи, «ғам сўзин элимдан авварлоқ айтдим, бахт сўзин айтаман элдан кейинроқ» деганида Шавкат Раҳмон яна нималарни назарда тутган эди? У шошилмай жавоб бера бошлайди: «Бу шеър ёзилганида шоир жуда ёш эди, у пайтлар мамлакатимиз ўз мустақиллигини қўлга киритмаганди, шу сабабли унинг кўнглидаги маҳзун кайфият шеърларига ҳам кўчган, элининг бахтли, осайишта кунларини кўргандан кейи
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 356
- Коммент: 0
Daraxt po'stlog'idagi bitiklar Chol bukchayib o‘zidan ham yoshi ulug‘roq yong‘oq daraxti ostini tozalardi. Yong‘oq mevasi po‘stini archaverib qo‘li, labi va yalang oyog‘idagi barmoqchalari qorayib ketgan bolakay ser¬g‘ayratlikda bobosidan ham oshib tushardi . Shox-shabbalarni uloqtirib o‘ynar, kezi kelganda, bobosiga taqlidan belini ushlab voy-voylab qo‘yardi. Tanish bolakay. Judayam tanish. Ko‘zlari, nigohlari, quyoshdan qoraygan yuzi menikiga o‘xshaydi. U menmidim?! Chol ba’zan yong‘oqning vujudini, g‘adir-budir tanasini siypalardi. «Po‘sting to‘kilayapti-ya», deya g‘udranib qo‘yardi. «Shoxing sinayapti-ya»¬, deya oh urib qo‘yardi. Daraxt tanasidagi bo‘rtiq chiziqlar cholning yuzidagi ajinlarga o‘xshardi. Cholning to‘kilib ketgan sochi yong‘oq shoxiga o‘xshardi. Bir-biriga o‘xshash ikki hayot birlashgan, ikki hayot keksaygandek edi. Men ikkalasi ham qachonlardir bu yerdan mangu ketib qolishini sezardim. Judayam qattiq his qilganimdan g‘ing demasdim. «Bobo, kim bilan gaplashaya
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 382
- Коммент: 0
KO'ZLARINGNI YUM Ular bir-birlarini juda sevishardi. Shunchalik sevishardiki, tasavvur qila olmasdilar hayotlarini bir- birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda boshqa hech kim yöqdek tuyulardi birga bölishsa... *Közlaringni yum* derdi har safar yigit. Shunday derdiyu qiz közini ochganda qölida gul va chiroyli sovg'alar tutardi unga. Qiz har gal yigitdan közlaringni yum degan sözlarni eshitganida qalbiga shu qadar sevinch tölib ketardiki, bu sevinch uning shaxlo közlaridan nur bölib yog'ilardi yigitga. Yigit shu közlardagi nurni sevardi. Shuning uchun har gal qizga yangi va kutilmagan narsalar sovg'a qilishga urinardi u. Shunaqa beg'ubor edi ularning muhabbatlari... Vaqtlar ötaverdi. Kun kelib, yigit uzuk xarid qildi. Uchib borgisi keldi qizning yoniga. Borsada *közlaringni yum* desa, qiz közlarini ochganda uzukni tutib turmushga chiqishni taklif etsa... Qiz qanchalik quvonadiya. Uchrashuv belgilandi. Qiz vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit ham körindi. Qöllarida qiz sevgan qip-qizil
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 356
- Коммент: 0
Qaytish Qishlog‘ingni sog‘inib ketasan... Avtobus seni tuproq yo‘llar boshiga tashlab o‘tadi. Hozir butun qishloq qarshingga chiqadigandek. Shaharda o‘qishingni ko‘rsatib qo‘ymoqchisan, shimingning balog‘ini turib olasan. Gals¬tuk bo‘yningda salqi osilgan. Ko‘hna tutning soyasida singilchang o‘ynab o‘tiribdi. Tagida eski olacha. Qo‘g‘irchoqlari cho‘pdan, kiyimi – latta-putta. Bo‘shagan atir shishasiga havasakka suv to‘ldirib olgan. U: «Akam keldi!» – deb o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi, bo‘yningdan quchadi. Olib kelgan ikkita xo‘rozqandingdan boshi ko‘kka yetadi. Bilmaydiki, buni uyoqlarda... nazariga ham ilishmaydi. Onang peshvoz chiqadi, necha yildirki senga qadrdon bo‘lib ketgan ko‘ylagi bilan, qalampirmunchoq hidini tuyasan. Qarshingda loysuvoq uying. Kuni bilan qizib yotgan tuproq kechqurun suv sepilgach, yoqimli hid taratadi. Sal chang tegsa, ustini o‘n marta qoqadigan shaharliklar bu hovlini ko‘rsa, nima qilishar ekan – o‘ylaysan... Quyoshning botishini kuzatib o‘tirarkansan, iting kelib yaltoqlanadi, qo‘lingni yalayveradi, dumini likillatadi, kuni kecha sen boshlig‘ingga elanganing kabi. Kechasi otang kirib keladi. O‘ylab qolasan, kuyovligidan ke¬yin biror marta yangi kostyum kiyganmikin? Padari buzrukvoring Toshkentning tinchligidan so‘raydi. Tezda qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ yig‘iladi. Dasturxonda non, qatiq, chakki, sarimoy, meva... Kunning qahramoniga aylanib ketasan. Shahar haqida aytilgan gaplarni xuddi kino ko‘rganday tinglashadi. Mutlaq haqiqatday qabul qilishadi. Bu gaplar esa og‘zingning bir chekkasidan chiqib ketaveradi. Toshkentga qachonlardir borgan tog‘ang sen bilan metro haqida tortishadi. Boshqalar kimga qo‘shilishini bilmay hayron. Onaizoring senga tikilib-tikilib oladi, xuddi tush ko‘rayotganday...
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 13.01.2016
- Просмотры: 431
- Коммент: 0
O'n sakkizinchi bahor Bahorning dastlabki kunlari edi. Qish "qonuniy” umrini yashab bo’lgan bo’lsa-da, chekinishni istamay, bahor qog’ozda qolib ketayotganday edi. Ammo har esgan shabada qish qahratonidan sog’-omon chiqqan dillarga bahor salomini eltardi. Meniki hamon o’sha hayot:ertalab nari-beri nonushta qilib, maktabga otlanaman. Bir soat oldin yo’lga chiqsam ham,qo’ng’iroqdan 5-10 daqiqa oldin sinfga kiraman. 6-soat boshlanishi bilan yana yo’l qayg’usi: uyga qachon boraman?! Tushlikdan so’ng kun botguncha dala yumushlari… Bir kuni darsdan ertaroq chiqib, kutubxonaga kirdim. Kecha o’qituvchim aytgan kitoblarni olib, eshikka yo’nalgandim, ichkariga kirayotgan qizni ko’rib, chetlanib turdim. Bu-sen eding. Bahor gullari kabi gul-gul ochilib kelarding. Tashqariga chiqqach, qandaydir kuch meni biroz kutib turishga majbur qildi. Yonimdan o’tib ketgach, izingdan ergashdim. Oldimizda olovdan jizg’anak bo’lgan kimsasiz yo’l yastanib yotardi. Katta yo’lda oldinma-k
...
Читать дальше »
« 1 2 ... 17 18 19 20 21 ... 32 33 » |