KECHIR, SENI ASRAY OLMADIM...

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 767
  • Коммент: 0
KECHIR, SENI ASRAY OLMADIM...
Uning kunlari bir maromda o‘tardi. Qaerdanam, o‘sha qo‘shiqchi bilan tanishdi. Qaerdanam o‘zi Termizga bordi. Boradigan boshqa joy yo‘qmidi?
Xullas, mana o‘sha kunga ham bir yildan ko‘proq vaqt bo‘libdi. Bu vaqt orasida qanchadan-qancha ishlar bo‘lib, o‘tib ketmadi deysiz?
Asilaning eng yaxshi ko‘rgan opasi, talabalikning qattiq-quruq nonini yeb, birga besh yil zahmat chekkan Noila viloyat televideniesida ishlardi. Bir kuni telefon qilib qoldi. “Falon bayramga, katta tadbir o‘tkazyapman, sen yetib kelmasang bo‘lmaydi. Toshkentdan katta-katta artistlar keladi. Shunday katta, fayzli bayramda sen yonimda bo‘lmasang, ko‘nglim joyiga tushmaydi”, - dedi Noila.
—Bu yerda ishlarim ko‘p, bora olmayman, - dedi Asila ham o‘z navbatida. Lekin uning mana shu bayramga juda-juda borgisi kelayotgandi. Sababi u Noilani sog‘ingandi, mana ko‘rishmaganlariga ham bir yildan oshib ketibdi.
—Sen ham tuppa-tuzuk jurnalist bo‘lib qolding. Katta-k ... Читать дальше »

MENI YAXSHI KO'RASIZMI ?!

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 511
  • Коммент: 0
MENI YAXSHI KO'RASIZMI ?!
—Sen hadeb yig‘layverma, nima kuyoving kar, soqov, cho‘loq-po‘loqmi? Tuppa-tuzuk, binoiydek yigit,- dedi Qudrat tog‘a “piq-piq” yig‘layotgan xotinini yupatib.
Saodat xola esa yig‘idan qizargan ko‘zlarini ro‘molining uchi bilan artib
—Dadasi, qizingiz hali yosh, buni ustiga endigina talaba bo‘ldi. O‘zidan o‘n ikki yosh katta kishiga tegib nima rohat-farog‘at ko‘radi. O‘ylab ish qiling. Jon dadasi to‘yni qaytaring. Bolam bechora fotiha qilingan kunidan boshlab yig‘layverib adoi tamom bo‘ldiku, - deya yana ko‘z yosh to‘kishga tushdi.
—Senga nima deyapman, esi past. Endi to‘y buzilmaydi, men aytgan gapimda turaman. Uzoq yillik qadrdonimning o‘g‘li, otasining ruhi shod bo‘lishi uchun ham unga o‘zim otalik qilishim kerak, keyin yoshi katta bo‘lsa qizingni ko‘proq hurmat qiladi, uni ko‘proq asrab-avaylaydi. Qizing ham bir kun, yarim kun yig‘lab, ko‘nib qoladi.
Qudrat tog‘a shu so‘zlarni aytardi-yu, o‘zining ham yuragida qiziga bo‘lg ... Читать дальше »

Baland-baland bulutlar

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 414
  • Коммент: 0
Baland-baland bulutlar
Avval ular qishloqdagi eng baxtli oila edilar.
Baland-baland tog‘larning bag‘ridagi go‘shada yashaydigan yoshu qari borki, yaqindagina bunyod bo‘lgan oilaga — Mansurjon va Nozimalarga havas bilan qarashardi.
...Mansurjon panjarani mahkam siqarkan, o‘sha saodatli onlarni esladi...

* * *
To‘ydan keyin o‘zini jannatga tushib qolganday his qilardi. Hayot unga o‘zining eng yaxshi lahzalarinigina hadya qilib, noxush holatlarning barchasi uni chetlab o‘tardi go‘yo.
Ishga "yaxshi borib keling..." degan yoqimli ovoz kuzatib qolsa, ko‘p mehnat talab qilmaydigan ishidan qaytganda, "yaxshi keldingizmi?" deyilmish yurakni yoquvchi savol va jonni talvasaga soluvchi tabassumli chehra uni kutib olardi.
Darvozadan kira-kira, ishga ketganidan buyon o‘zini intizorlik bilan kutib turgan xotinining ko‘llaridan tutar, lablarini kuloqlariga yaqinlashtirgancha, "sog‘indim" deya shivirlardi. Uyda o‘tadigan har bir fursatdan baxt ufur ... Читать дальше »

Sog‘inch guli

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 411
  • Коммент: 0
Sog‘inch guli
Bu yil bahor har yilgidan kech keldi. Ko‘klamni sog‘inganimdan yuragim o‘rtanib, har kuni derazadan termilaman. Martning o‘rtalari bo‘lishiga qaramay, odamlarning chehrasida qishning charchog‘i sezilib turibdi. O‘tgan yili bu paytda bodom, gilos daraxtlari gullab, o‘rikka navbat yetgandi. Bu yil esa barchasi atayin kuttirmoqchidek imillaydi. Inson kutishni yoqtirmaydi. Lekin taqdir uning bardoshini sinamoqchidek har kuni, soniyada kutishga ro‘para qilaveradi. Har yili bahorni bunchalik intiqib kutmaganimdan bu kechikish ko‘nglim xalovatini o‘g‘irlagandek go‘yo. Pushtirang gullagan o‘rik daraxti tushlarimga kirib chiqadi. Uning xotiralaridan yuragim hislar ummoniga g‘arq bo‘ladi. Bu hisni menga o‘n besh yil avval bahordagi o‘rik guli tortiq etgan. “Meni sog‘insang, o‘rik guliga qara. Har yili bahorda men seni ko‘rgani kelaman!..” degandi u ko‘zimga tikilib.
O‘shanda o‘n olti yoshli soddagina qiz edim. Onam kasalmand bo‘lib, tez-tez kasalxonada davolanib chiqa ... Читать дальше »

Tush

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 385
  • Коммент: 0
Tush
Bu tog‘mi? Balandlikmi? Buning umuman qizig‘i yo‘q, muhim ham emas. Shu yoqqa chiqish kerak. Tamom-vassalom. Tirmashganlar ko‘p, bolalaru chollar, juvonu kampirlar, yigit-qizlarniyu asti gapirmang. Hammasi o‘sha yoqqa, nima bor u yoqda, bilmayman. Lekin men ham orta qolmay deb yuqoriga, yuqoriga va yana yuqoriga intilaman. Qani endi natija bo‘lsa, sal odimlaganday bo‘laman. Ammo gup etib yana pastga qulayman. Bu nimasi, boshqalar qanday uddalayapti axir. Atrofga razm solaman. Odamlar binoyidek ildamlashyapti. Biroq menga o‘xshash gupillab yiqilayotganlar ham oz emas. Yana bir marta bor kuchim bilan harakat qildim, sal yuqorilaganday bo‘ldim, keyin chunonam dupillab tushdimki, ko‘zimdan olov chiqqanday bo‘ldi. Birov ko‘rib qolmasin deya darrov ustimni qoqaman, atrofga boqaman. Shunda ellik qadamcha narida egnida oq yaktak, soch-soqoli ham oppoq bir mo‘ysafid menga qarab kulib turibdi. Achchig‘im chiqib yoniga bordim-da:
– Nega kulyapsiz? – dedim jahl bilan. U xotirjam ... Читать дальше »

Omadi kulmayotgan odam

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 479
  • Коммент: 0
Omadi kulmayotgan odam
“Qaerdadir bir xatolikka yo‘l qo‘yganman. Shuning hisobidan omadim yurishmayotgan bo‘lsa kerak, - deb xayol surardi u. – Balki menga shunday tuyulayotgandir. Aslida men bekamiko‘st insonman. Bundan tashqari, o‘zimga razm solsam, hamma a’zolarim joyida. Soch, qosh, ko‘z, burun, og‘iz, tish, bo‘yin, oyoq-qo‘l. To‘rt mucham ham sog‘u salomat.” ... Читать дальше »

UNUTISH

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 390
  • Коммент: 0
UNUTISH
Sunnat muallim kenja qizini uzatayapti. Kim nima desa desin, to‘y qilishni kambag‘alga chiqargan. Boy odam to‘yida bir yilda, kambag‘al besh-o‘n yilda topganini to‘kib-sochadi. Shungami, kambag‘alning to‘yi to‘yday bo‘ladi.
Ayri zardoli ostidagi chorpoyaga joylangan chollarning hangomasini o‘rtacharoq shaftoliday keladigan o‘riklarning yerga parsillab tushishi uzib-uzib qo‘yadi. Bir nafas gapdan to‘xtagan ezma chollar yerga tushib, danagi bir bo‘lak, eti bir bo‘lak bo‘lib qolayotgan mevalarga qarab tamshanib qo‘yishadi. Taralgan shirg‘imtil is ishtahasini qo‘zg‘aydi shekilli, dasturxondagi hozirgina yuvib keltirilgan mevalarga birvarakayiga qo‘l uzatishadi.
Poygaroqda o‘tirib olib hech kimga gap bermayotgan Suxrob bobo yelkasini qisib hiringlaydi:
—Bu mallimning o‘chi bor bizda! Bir qo‘rqitay deb atay shu yerga joy qigan!
Gapga qo‘shilmaygina o‘tirgan Izzat bug‘altir bir g‘imirlab olib og‘iz juftlaydi:
— Kuyov bola nima ish qilar ekan? ... Читать дальше »

Meni sevib qolsayding…

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 400
  • Коммент: 0
Meni sevib qolsayding…
Eshik ochilib bir-biridan ezgin xayollarimni uchirib yuboradi. Onajonim astagina tepamga kelib sochlarimni silaydilar
— O‘tiribsanmi bolam? Men ketyapman, senam birrovga chiqsang bo‘lardi, sal bo‘lsayam ko‘ngling yozilardi…
Men qizargan ko‘zlarimni onamdan yashiraman.
— Yo‘q, ona, borgim yo‘q…
— Mayli, bo‘masa men tezgina qaytaman. Aytganday, o‘g‘lim, to‘yga anavi sen yoqtiradigan hofiz kelarmish, chiqsang ko‘rarding, qo‘shiqlarini tinglarding…
— Siz boravering, onajon, hofizning ovozi bu yerga bemalol eshitilib turadi…
— Ha mayli…
— Chiroqnio‘chirib keting!
Hujram ko‘nglim bilan bir xil tusga kiradi…
To‘y bo‘layotgan xonadondan kelayotgan yor-yor sadolari, karnay-sunray ovozi yetti mahallaga taraladi. Yo‘q-yo‘q, bular yor-yor emas, shodlik emas, bular…bular ayriliq, hijron sadolari! Bular o‘ksib-o‘ksib yig‘layotgan muhabbatning nidolari!
Bu mash’um sadolar mening zulmatga cho‘mgan hujra ... Читать дальше »

Arg‘imchoq

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 443
  • Коммент: 0
Arg‘imchoq
Derazadan mo‘ltirab turgan ko‘zlar yomg‘ir ostida qolgan eski arg‘imchoqqa uzoq-uzoq termulardi.
Arg‘imchoq ertalabdan beri tinmay yog‘ayotgan yomg‘irda ivib ketgan. Eski qayrag‘ochga osilgan bu arg‘imchoq akasi uchun Sabrinaning quvnoq xandalaridan yakkayu yagona yodgorlik. Bu bahorgi yomg‘irlar Behruzga yoshlik xotiralarini eslatardi. O‘sha kungi voqeaga ikki yil bo‘lgan bo‘lsa-da, kechagidek ko‘z o‘ngida, yodiga muhrlangan…
Sakkiz yoshli Sabrina onasining oldida tinmay sho‘xlik qilar, kenja farzand bo‘lganligi sababli oilaning erkatoyi edi.
— Salom, sariq qo‘g‘irchoq, quyonchalar o‘tlarini yedimi? — so‘radi Behruz.
— Sizning kelishingizni kutishyapti, axir siz katta quyonsiz-ku, — dedi singlisi. Behruz uning yumshoqqina betlaridan silab: — Quyonchaning kichigi, bu yoqqa kel-chi, birga o‘t yeymiz, — deb hazillashdi.
— Arg‘imchoqda uchiring, — Sabrina doimgidek xarxasha qildi. Behruz jajji singlisining ra’yiga qarolmadi. Ishdan char ... Читать дальше »

Muhabbat yasagan qayiqcha

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотры: 524
  • Коммент: 0
Muhabbat yasagan qayiqcha
«Faqat bir narsadan baxtliman jonim,
Sen men yashayotgan dunyoda borsan».
Hammasi juda sokin… osuda damlar edi o‘shanda…
Hayot biz o‘ylaganchalik yengil bo‘lmaydi, uning qora kunlari inson boshini egib qo‘yishi, o‘y-fikrini ostin-ustun qilib yuborishi hech gap emas. Odam taqdirning chig‘iriqli so‘qmoqlaridan qadam tashlar ekan, bilib-bilmay qilgan xatolari, gunohlari evaziga tanholik, yolg‘izlik, sukunat dunyosiga g‘arq bo‘lganini o‘zi ham sezmay qoladi ba’zida… Butun umr qalbning oliy hakami – vijdon oldida, muhabbat, ishq qarshisida o‘zini g‘arib sezadi.
O‘shanda sarmast ko‘ngillar Yaratganning IShQ deb atalmish tuhfasi oldida o‘zlarini ojiz sezishdi. Ular ko‘ngliga shuur, poklik, ziyo olib kirgan muhabbatning qadriga yeta olishmadi. Agarda taqdir ularga muhabbat bir yolgon sabab yuqqa chiqishini, buyuk tuyg‘u birgina noo‘rin tashlangan qadam orqali ro‘yoga, yoinki xiyonat sabab nafratga aylanishi hech gap emasligini oldind ... Читать дальше »
« 1 2 ... 18 19 20 21 22 ... 32 33 »