- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 390
- Коммент: 0
Bu dunyoga biz qancha yashashni xohlasak ham. Bizga jon berguvchi bor.! Jonimizni qaytib olguvchi ham bor..! Ushbu Drammatik voqealar mana shu qoidani buzganlarga ataladi..! Dadajooon.! Oyijooon -mani kechirilar.! Bu maktubimni o'qiyotgan vaqtilada,man bu dunyoni tark etgan bo'laman.! Mani qilgan xatolarimni,boshqa yo'l bilan xal qilib bo'lmasligini tushunib yetib.! O'zimni o'ldirishga qaror qildim.! Bilaman o'zini o'ldirgan odam u dunyoda jannatga tushmasligini,lekin man bu dunyoga kelib sizdek mehribon,hurmatli insonlarni qizi bo'lganimga yarasha,sizlarga loyiq farzand bo'lolmaganimdan afsusdaman.! Qilgan gunohlarimni jazosini tortishim uchun o'z jonimga qasd qilmoqdaman.! Mani kechirila Oyijoon! -Dadajoon! -kechirilar.! Alvidooo..! Yorug' dunyo ko'zlarimga,tor bo'ldi bugun, Xatolarim ko'p bilaman,roziman o'zim. Ota-onam yaqinlarim,ko'zlarin yoshlab, O'z jonimga qasd qilyapman,gunohim yuklab. Orzu umid bilan katta,qilganlar onam, Erkak boshin tik ko'targan,edilar dadam. Ota-onam nomu
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 426
- Коммент: 0
Har bir inson (u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon) baxtli hayot kechirishni istaydi. G‘am-qayg‘udan, tashvishdan yiroq bo‘lishni xohlaydi. Ammo... oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lsa, o‘n beshi qorong‘u. "Yorug‘ kunlarni umid bilan kutib yashashning o‘zi ham bir baxt”, deydi ba’zilar. Siz-chi, siz baxtni qanday tasavvur qilasiz? * * * Baxt!.. Bu so‘z juda tansiq, ayni paytda ko‘p ishlatiladi. Huda-behuda bu so‘zni tilga olaveramiz. Arzimas narsadan sevinib, "Men hammadan baxtiyorman!” deguvchilarning son-sanog‘i yo‘q. "Baxtlimisiz?” degan savolni duch kelgan odamga beraveramiz. Ammo tayinli javob olish o‘ta mushkul. Negaki, har kim baxtni o‘zicha tasavvur qiladi. Kimdir ko‘ngil xotirjamligini baxt deb bilsa, kimdir — molu davlatni. Yana kimdir murod-maqsadiga yetsa, "Shu emasmi baxt?” deydi. Biroq... "Baxtga yetishish yo‘llarini izlash ham baxt”, — degan ekan bir donishmand. O‘ylab ko‘ring, siz uchun baxt nima?! Qanday voqea ro‘y bersa, o‘zingizni baxtli sanaysiz? Universitetga kirsangiz, armo
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 403
- Коммент: 0
Қисмат… Ҳаёт синовлари… Бахтсизлик ва бахт остонасидаги шошқалоқ орзулар…. Биз бахтли эдик…Биз шод эдик… Лекин афсуски бешавқат умр ўз неъматларидан бизни ҳам бахраманд қилишни унутмаган экан. - Энди нима қиламиз? – нигоҳингдаги ёшларни пайқадим. Бирор сўз айтгани эса журъатим етмайди. "Йигит киши йиғлаймайди” дер эдинку…Мана айтганингдай йиғламаяпман… Куз бу йил ҳар галгидан эрта келгандек гўё. Бугунги осмон ҳам булутли, кайфиятимга ҳамоҳанг… Бизга ҳамрох бўлаган сайроқи қушлар ҳам бугун негадир сукутда. - Гапиринг нега жимсиз? – бесабр кўнглинг дилимни яралайди… Мен эса бир сўз дегани ожизман… Нима дей ахир? Сенга барибир эриша олмаслигимни қандай айтай. Отанг мени эмас, ўша бойвоччани афзал билгани учун юрагим аламда эканлигимни қандай айтаман… Юз ифодаларинг мендан норозилик аломатларини беркита олмасди. Йиғидан титраётган елкаларингдан тутганча сени махкам бағримга босаман… "Кечир”… Шу сўзнигина айта олдим… Аслида эса яна бир оғиз сўз айтмоқликка танимда хол йўқлигини қаердан ҳам
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 519
- Коммент: 0
Бир шифокор хикоя қилади: Менинг бир беморим бор еди. У ёшгина қиз бўлишига қарамай саратон касаллигига чалинган еди. Уни даволашга узоқ вақт давомида бор имкониятларимизни ишга солардик. Натижалар яхши бўлаётган еди. Шу ҳолда камида 5 йил яхши парвариш билан даволаниши керак еди. 4 йил вақт ўтиб, у мендан бошқа узоқ шахарга қариндошиникига бориб келишга изн сўради. Қаттиқ ялинганидан ёқ деёлмай, самалётда бориш шарти билан рози бўлдим. У еса чипта ололмай автобусда ёлга чиқибти. Aвтоҳалокат туфайли 6 соат совуқда қолиб кетган. Шамоллаш суяк ва бошқа аъзоларга ўтиб кетган. Уни уйига олиб келдик. Жудаям оз умри қолган еди. Керакли дориларни қабул қилиб ётар еди мен ҳар куни ундан хабар олар едим. Ҳатто гапира олмай қолганди, аранг бўғинларни чиқарарди. Раҳмим келиб унга билдирмай йиғлаб олардим. Бир куни у "...мен ..сиз ..дан хафа ..ман" деди. Мен нега деб сўрадим. "менга исломни ўргатмапсиз" деган маънода аранг сўзлади. Ўзимни айбдор хис қилдим. Айтдимки, буни чин қалбдан ўрганиш керак
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 478
- Коммент: 0
Tarbiya deganda, asosan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Go'yoki hamma qonun-qoidalaru ahloqiy, ma'naviy tartibotlar barchasi faqat yoshlar uchun o'ylab chiqarilgandek. Barkamol avlod tarbiyasi, deya jar solamiz. Lekin kattalar-chi? Ularni kim tarbiyalaydi? Ma'lum ma'noda, kattalarni yosh bolalar tarbiyalar ekan. Esimda, qizimni bolalar bog'chasiga berib ishga ketardim. Shanba kunlari ham ishlardim. Bilsam, ana shu shanba qizim uchun eng og'ir kunlardan biri bo'larkan. Sababi, boshqa bolalar bu kun bog'chaga kelmas, faqat ayrim sanoqli - onalari ishlaydigan bolalargina kelar va bu kun juda zerikarli o'tarkan. Soat 12 dan kech qolsangiz, tarbiyachilar bolangizni qorovulga qoldirib ketib qolishadi. Sarsonlik, mavhumlik, muhimi, qo'rquv bola qalbini egallaydi. Shanba kuni ertalab bog'chadan ketar ekanman, qizim qayta-qayta tayinlardi: - Vaqtli kelib olasiz-a meni? - Albatta, vaqtli kelaman. - Aldamang, yolg'on gapirganlarni Xudo jazolaydi, - ogohl
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 485
- Коммент: 0
Zuhrani xotiralar qisib kelsa, hansirab, qora terga botardi. To'qqiz yillik mahbuslik uning jismi-joniga ta'sirini o'tkazgandi... Zuhraga yotgan yumshoq karavoti ham qattiq botayotgandek tuyildi. Turib o'tirdi. Nima qilsa ekan? Tezroq harakat qilmasa bo'lmaydi. Ali orqali Fotimaning pasportini oldi. Egizagiga ikki tomchi suvday o'xshaydi u. Lekin Fotima ham omi emas-ku, xorijga chiqish uchun ikki-uch haftaga ruxsat tegishini biladi. Pasportini bahona bilan so'rab olgan sobiq maktabdoshi Aliga: "Pasportimga xorijga chiqish uchun muhr bostirgan bo'lsang, qaytarib ber", deyishi aniq. Zuhra o'sha xatarli daqiqalar kelmasdan avval bolasini bu xonadondan olib chiqishi kerak. - So'rab-surishtirdim. O'g'lingni o'ziga to'q xonadon farzandlikka olibdi. Sen o'z hayotingni o'yla! - degandi Ali uni shashtidan qaytarish uchun. Ammo Zuhra ko'nmadi. - Men uni o'zim tarbiyalashim kerak. Bu dunyoda boru yo'g'im shu bola . Muhabbatu dardimdan yodgorligim, menga bos
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 403
- Коммент: 0
- O'zi endi boshing balodan chiqdi. Shoshmasdan, hammasini obdan o'ylab, yetti o'lchab bir kesib, six ham, kabob ham kuymaydigan qilib bitkazsa bo'lmaydimi shu ishni? - Sen ayol emassan, ona emassan! Hech qachon mening qalbimdan kechayotgan tuyg'ularni tushunmaysan! Yordam berasanmi-yo'qmi, shuni ayt! - Juda qaltis ish-da, Zuhra. O'ylab ko'rish kerak... * * * Xonadon badavlat insonga tegishli ekani bir qarashdayoq bilinardi. Bugun urfga kirgan, allaqaysi davlatdan keltirilgan daraxt va gullar ming bir rangda tovlanardi. Muattar hidlari boshni aylantirib, ko'zni tindirardi. Lekin bu manzaralar Zuhraning ko'zidan bir lahzada o'tib ketdi. Hech biri ichki hayajondan kattarib borayotgan qorachiqlarida turib qolmadi. - Keling, Zinnat opa, kelinglar, tinchlikmi? Kech qolganingizga xavotir olayotgandim, qo'ng'iroq qilsam, telefoningiz o'chirilgan, - dedi beka ularni ichkariga boshlab. Uning ovozi boy-badavlat odamlarniki kabi sokin va jarangdor edi.
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 377
- Коммент: 0
- Boshqa mahallada yashaydigan yigit bilan bir-birimizga ko'ngil qo'ygan edik. Ammo kollejni bitirishim bilan ota-onam meni tanishlarining o'g'liga majburlab uzatdi. Boshqa yigitni sevishimni aytganimda, na onam, na dadam va na akalarim "Bu bechorada ham ko'ngil bor, axir", deya so'zlarimga quloq solishdi. Aksincha, "U yigitning oilasi yaxshi emas, dadasi ko'p ichadi. Akasi qimorboz", deya hammalari bir ovozdan qarshi chiqdi. To'ydan oldin bir marta uydagilardan yashirincha ko'ngil qo'ygan yigitim bilan uchrashdim. Bechora juda xafa edi. Xayrlashayotganimizda "Unutma, mendek seni hech kim sevolmaydi", dedi. Yig'lab yubordim. To'y o'tdi. Erim bilan ko'ngil qo'yib turmush qurmaganimiz uchunmi bir-birimizga befarqmiz, hayot shu ekan, deb shunchaki yashayapmiz, xolos. Lekin hamon uni unutolmay yashayapman. U to'g'ri aytgan ekan. Haqiqatan ham, endi meni hech kim uningdek sevolmas ekan, afsus. Ota-ona roziligi deb muhabbatimni yo'qotdim. Uni eslaganimda uydan bosh
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 349
- Коммент: 0
Farishtam... Bilmadim, seni bunday atashga haqlimanmi? Lekin shunday aytaveraman. Chunki bu so'z hijron-u alam o'tida yonayotgan yurakning hovurini oz bo'lsa-da, pasaytiradi. Farishtam, farishtam, farishtam! Esingdami, seni shunday chaqirar edim. Ha, chaqirar edim. Endi-chi? Seni yana bir bor shunday chaqirish nasib etarmikan? Seni ko'rmaganimga ham uch bahor bo'libdi. Bu yillar ichida o'zimni o'zim ayblab yashadim. Bu dunyoda faqat men va sening kuygan dilga malham bo'lguvchi suratlaringgina bor, xolos. Unutmoqchi bo'laman, suratingdan kechmoqchi bo'laman. Ammo... Shu ammo borki bunga mening jur'atim yetmaydi. Bu ojiz yurak bunga dosh berolmaydi. Surating birla bo'lsa-da, o'z xayollarimda sen bilan yashashni afzal bilaman. Yashashda davom etaman. O'z dunyomda... Sening go'zal chehrangga termilib...
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 11.01.2016
- Просмотры: 523
- Коммент: 0
O'shanda ayni jazirama yoz edi. Oftob tandirdek qizigan, chor atrof ham odamlarga qo'shilib issiqdan og'ir-og'ir nafas olayotgandek edi go'yo. Shunday issiqda uch yigit baliq oviga chiqishgan edi. Baliq tutishniyam o'ziga yarasha gashti bor-da! Bir qiziqib qolsang, na issiqqa, na sovuqqa qaraysan kishi. Yigitlar o'zlari yashaydigan tumanda joylashgan qo'riqxonaga yetib kelishganida yuz-ko'zlaridan terlari oqib, arang o'zlarini yulg'unlar soyasiga olishdi. Cho'l tabiati ham qiziq-da, shunday issiqdayam jonivorlari tinim bilmaydi. Katta echkiemar salqinda o'tirgan yigitlarga parvo qilmay, yonlaridan o'tib zovurga tushdi. Echkiemarlarni faqat kinolardagina ko'rgan yigitlar issiqni ham unutib, uning ortidan chopishdi. - Zokir, Said! Ikkiga bo'linib echkiemar ortidan boramiz! - dedi Iqbol. Yigitlar bir-birlariga qarama-qarshi holatda echkiemarni haydab chiqarish uchun zovur yoniga kela boshladi. - Mana echkiemar, anavi uning dumi, - deya pichirladi Iq
...
Читать дальше »
« 1 2 ... 22 23 24 25 26 ... 32 33 » |