Munisa Rizayeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida sevgan insonining xiyonati tufayli uzoq muddat qayg‘uda bo‘lganini aytdi. U oxirgi paytlarda tushkunlikda yurganini aynan shu bilan tushuntirdi.
“Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan bog‘liq. Matbuotga rasman e’lon qilmagan bo‘lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga chiqishni rejlashtirayotganimni bilardi. To‘y kunini o‘tgan yildagi konsertimdan keyinga rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning xiyonati tufayli to‘yimiz to‘xtatildi. Shundan keyin uch oy o‘zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi qiyin ekan. Uni unutish maqsadida ko‘proq sayyohatda yurishga harakat qildim”, — uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi.uz”.
Shu bilan birga, xonanda bu qiyinchiliklardan o‘tib olganini ham ta’kidlab o‘tdi:
“Hozir bu haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy
...
Читать дальше »