- Автор: TezkorPRO
- Дата: 01.04.2017
- Просмотры: 385
- Коммент: 0
“Million” qiziqchilar jamoasi 24-28 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yangi konsert dasturini taqdim etadi. Yanvar oyida e`lon qilingan reklama bannerlarida Davron Kabulovdan tashqari guruhning barcha a`zolarining surati aks ettirilgan edi.
“Million” sardori Davron Kabulov reklama bannerini o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirib, “Biz bir jamoamiz. Har qanday vaziyatda ham” deb yozib qoldirganidan so`ng ko`pchilik jamoaning navbatdagi konsertida Davron ishtirok etmasligini .
“Sayyod.com”ning ishonchli manbalariga asoslanib yozishicha, konsertda Davron Kabulov ishtirok etadi.
“Davronning konsertda go`yoki chiqmasligi xaqidagi xabarning o`zi shunchaki shu vaziyat bilan bog`liq bo`lib shov-shuv ko`tarildi, xolos. Balki shunchaki va vaziyatdan piarga
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 490
- Коммент: 0
Xonanda Nilufar Usmonova hamkasblari orasida birinchilardan bo`lib “Instagram”ning rasmiy belgisini qo`lga kiritdi.
Mazkur belgi haqqoniylik belgisi sanalib, u mamlakatda yoki dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega hamda mashhur insonlarga taqdim etiladi.
Ushbu belgini qo`lga kiritish uchun foydalanuvchi verifikasiyadan o`tib, shaxsini tasdiqlaydi. Instagram rahbariyati ma`lumotlarni o`rganib, roziligini beradi. Uni qo`lga kiritganidan so`ng ko`k “galochka” belgisi paydo bo`ladi.
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 554
- Коммент: 0
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyoda “Darakchi” gazetasiga intervyu berib, hamkasbi Rayhonning mehribon, ochiqko`ngil va muloyimligi haqida gapirdi.
“Rayhon opa haqida ikki og`iz so`z aytsam — u hamkasblarim ichida men hurmat qiladigan, havas bilan qaraydigan insonlardan biri. Juda mehribon, ochiqko`ngil va muloyim. Birinchi farzandimga homilador paytimda Navro`z bayrami repetisiyasida uchrashib qolganmiz. Mening holatimni ko`rib, o`tirgan o`rnidan turib shu zahoti joy bergan, o`shanda ob-havo biroz sovuq edi. Engil kiyinganimni ko`rib, ust kiyimini ham echib bergan. Pidjak menga kichkina bo`lgani uchun kiya olmasamda, ustimga yopib qo`ygandi. Ularning iltifotidan, mehribonligidan juda ta`sirlanganman. Hamkasbiga shunchalik mehribon ayol uydagilariga qanchalik e`tiborli ekanini anglab olish qiyinmas. Duetga keladigan bo`lsak, qo`shiqni Rayhon opaning taklifi bilan kuyladik. Tadbirlarning birida uchrashib qolganimizda, &
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 448
- Коммент: 0
Aktrisa Nargiza Salmonova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda noodatiy sevgi izhori yo`llagan muxlislari haqida so`zlab berdi. Xususan, ana shunday sevgi izhorlaridan biri uni biroz tushkun ahvolga solib qo`yganini ma`lum qildi.
“Uning yozishicha, judayam ashaddiy muxlisim emish va sizni deb oilam bilan ajrashdim. ‘Sevgini chiqarganga ming la`nat, deb yozdi’,muxlislarimdan biri.
Men ijtimoiy tarmoqlar orqali yozilgan bu sevgi izhoridan biroz tushkunlikka tushdim. Internetda hamma narsa bo`lishi mumkin, balki bu yolg`ondir. Shunday bo`lsa-da, bu holat menga qattiq ta`sir ko`rsatdi, deydi Nargiza Salmonova”.
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 384
- Коммент: 0
Boshlovchi va shoumen Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishi mumkinligini ma`lum qildi.
“Murabbiylik tajribam yo`qligini yuzimga solishmasa, ‘qo`ng`iroqlar’ bilan tarkib tanlashga aralashishmasa O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga-pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. ‘Boshlovchiligingni qilsangchi’, degan gaplarga shoshilmang. Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, , Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Kosimov, Babayan kabi ‘tan olingan’lar boshqardi-olib chiqolmadi JChga.
Hech narsa yo`qotmaysiz: eplolmasam 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo`lasiz, va`damning ustidan chiqsam tarixda birinchi marta bo`ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo`lsa, yashab turgan uyimni o`rtaga tikishga tayyorman!”,—deb yozdi Davron Kabulov o
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 351
- Коммент: 0
Alisher Navoiy nomli kinosaroyida triller, drama janrida suratga olingan “Hamroh” filmining jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo`lib o`tgani haqida xabar bergandik.
Yil filmi nomiga da`vogarlik qilayotgan postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Akrom Shohnazarovning filmi 10 apreldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi ma`lum qilindi.
Psixologik drama janrida suratga olingan film inson va ruh o`rtasidagi sirli munosabatlar voqeasiga asoslanadi.
Aktrisa Yulduz Rajabova gavdalantirgan ruh bilan muloqotga kirishgan Adiz Rajabov obrazi tomoshabinga psixologik ta`sir o`tkazib, uni birgalikda his etishni uddasidan chiqqan. Filmda aktyor Adiz Rajabovni yangidan kashf qilish mumkin. Uning ruhiy kechinmalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Film operatori Rustam Meliev, postanovkachi rassom Alisher To`liboev. “Hamroh” Buxoro shahri, Jiz
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 29.03.2017
- Просмотры: 355
- Коммент: 0
Xonanda Lola Toshkent shahridagi chorraharga o`rnatilgan kameralar ishga tushgani uni ham intizomli bo`lishga undaganini ma`lum qildi.
“Xayrli tong! Ishga ketyapman. Yo`llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”,—deb yozdi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o`rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so`radi.
Ularga xonanda quyidagicha javob berdi:
“Men boshqa avtomomobil boshqarmayapman. Hayotim uchun mas`uliyatni ishonchli qo`llarga topshirdim”.
Ma`lumot uchun, Toshkent shahridagi 115 ta c
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 17.03.2017
- Просмотры: 453
- Коммент: 0
Ancha paytdan beri kamnamo bo`lib qolgan xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma`lumotlarni so`zlab berdi. Xususan, xonanda hayotda har bir inson o`z baxtini o`z qo`llari bilan yaratishi haqida shunday deydi:
—Hayotda har kimning baxti o`z qo`lida. Baxtni har kim o`z qo`li bilan yaratadi. Hayotda qoqilasiz, yiqilasiz, yiqilib turganingizda erdan tuproq olib, dushmaningizni ko`ziga sochsangiz, o`shanda siz hayotda non eya olasiz. Yashash uchun kurashish kerak.
“Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralari bor. Chiroyli turmush o`rtog`im bor. Men judayam baxtli ayolman”,—deydi Aziza Niyozmetova.
“Dushmanlaringizning sizga etkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob beradi:
—Dushmanlarimning menga etkazgan eng katta zarari bu ularning mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo`la
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 17.03.2017
- Просмотры: 564
- Коммент: 0
Xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroev bilan Facebook orqali suhbatida muxlislarni qiziqtirgan ko`plab savollarga javob berdi. Xususan, suhbat davomida xonanda O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijodiga munosabat bildirdi.
“Gulsanamning ashulalari ham, o`zini tutishi ham yaxshi. U chetdan qaraganda g`ururli tuyuladi. Lekin Gulsanam yaxshi, samimiy, tarbiyali qiz. U o`zini tutishni biladi. Tutishni bilgani uchun, bekordan bekorga “xalq artisti” bo`lib o`tirmagandir. Uning “Orzular” qo`shig`i yoqadi. O`ziga yarasha nafasi bor. Gulsanam asar yaratmaydi, yaratilgan asarni chiroyli kuylaydi”,—deydi Aziza Niyozmetova.
“Gulsanam Mamazoitovaning akasining ijodini kuzatasizmi?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:
—Akasi juda kuchli san`atkor. U asarlar yaratadi. Uni bemalol xalq artistlari ro`yxatiga kirtish mumkin.
Avvalroq, Aziza Niyozmetova sh
...
Читать дальше »
- Автор: TezkorPRO
- Дата: 17.03.2017
- Просмотры: 441
- Коммент: 0
Shahzoda hamkasbi Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollarga nuqta, hatto undov(!) belgisi qo`yish payti kelganini ma`lum qildi.
Xonanda Shahzoda “Shok.uz” saytiga intervyu berdi. Suhbat davomida Shahzodaga, tabiiyki uning Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollar ham berildi. Shahzoda bu savollarga javob berar ekan, “Shahzoda va Rayhonsiz nima qilar edinglar?” deya xazilomuz kinoya qildi.
Xonanda Rayhon bilan duet kuylamasligini va u bilan nima sababdan oralaridan ola mushuk o`tgani sabablariga to`xtalib, ortda qolgan og`riqlarni eslashni istamasligini aytib o`tdi.
“Dugona shunday bo`lishi kerakki, boshingga ish tushganda u hamisha yoningda bo`lishi kerak. Butun dunyo seni qoralab, senga qarshi bo`lib turgan paytda ham u sen tomon bo`lishi kerak. Inson boshiga og`ir sinov tushganida yaqin do`stlarining mehrini, qo`llab-quvvatlashini istaydi. Mening boshimga tushgan og`ir kunlarda esa yonimda turmush
...
Читать дальше »
« 1 2 3 4 5 6 ... 39 40 » |